Ilovalarimiz ochiq kodli va qayta ishlab chiqish mumkin boʻlgan yigʻmalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu istalgan kishi mustaqil ravishda GitHub saytidagi kodimiz App Store yoki Google Play doʻkonlaridan yuklab olish mumkin boʻlgan ilovalarni yaratish uchun foydalanilgan kod bilan aniq bir xil ekanligini tekshirib koʻrishi mumkinligini anglatadi. Dasturchilar iOS va Android uchun qayta ishlab chiqish mumkin boʻlgan yigʻmalar boʻyicha qoʻllanmamiz bilan tanishib chiqishi mumkin.
Bu kanaldan Android uchun Telegram ilovasining oxirgi versiyasini yuklab olishingiz ham mumkin.
Ayni payda biz dasturchilarga bizning API yordamida tezda biror narsani yaratish imkonini beradigan narsalarni ochiq kodli qilishga eʼtibor qaratmoqdamiz. Biz Android, iOS, veb va kompyuter ilovalarimiz (Win, macOS va Linux) kodini, shuningdek, Telegram maʼlumotlar bazasi kutubxonasini nashr qildik.
Bu kod xavfsizlik boʻyicha tadqiqotchilarga boshidan oxirigacha shifrlashimizni toʻliq baholash imkonini beradi. Google Play va App Store doʻkonlaridagi Telegram ilovalari biz GitHub saytida nashr qilgan bilan bir xil kod yordamida yaratilganini mustaqil ravishda tekshirish imkoni ham mavjud.
Maxsus Telegram ilovalarini yaratish uchun platformalararo kutubxona, tafsilotlar uchun TDLib bilan tanishing.
Boost 1.0 ostida litsenziyalangan.
GitHub »
Rasmiy Android ilovasi, toʻliq tavsif uchun Google Play Market sahifasi bilan tanishing.
GNU GPL v. 2 yoki keyingi versiyalari ostida litsenziyalangan.
GitHub »
APK faylini yuklab olish»
GNU GPL v. 2 yoki keyingi versiyalari ostida litsenziyalangan.
GitHub »
Ichki macOS mijozi.
GNU GPL v. 2 ostida litsenziyalangan.
GitHub »
Brauzerlar uchun Javascript mijozi. Mac, Windows, Linux.
GNU GPL v. 3 ostida litsenziyalangan.
GitHub »
Brauzerlar uchun Javascript mijozi. Mac, Windows, Linux.
GNU GPL v. 3 ostida litsenziyalangan.
GitHub »
Qt asosidagi ish stoli mijozi. Mac, Windows, Linux.
GNU GPL v. 3 ostida litsenziyalangan.
GitHub »
GNU GPL v. 2 or later ostida litsenziyalangan.
GitHub »
Telegram uchun Linux Command-line interfeysi.
GNU GPL v. 2 ostida litsenziyalangan.
GitHub »
Windows 10 (kompyuter va Xbox One) uchun optimallangan Telegram mijozi.
GNU GPL v. 3 yoki keyingi versiyalari ostida litsenziyalangan.
GitHub »
PHP MTProto Telegram mijozi.
GNU AGPL v. 3 ostida litsenziyalangan
GitHub »
Agar Telegram ilovasi va protokoli bilan bogʻliq biror muammoni topsangiz yoki xavfsizlik funksiyalarini tatbiq qilishimiz yuzasidan biror savolingiz boʻlsa, [email protected] manzili orqali bizga murojaat qiling.