400 million foydalanuvchi, 20000 ta stiker, yangilangan soʻrovnomalar va oʻquv testlari uchun 400 ming yevro

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
400 million foydalanuvchi, 20000 ta stiker, Viktorinalar 2.0 va Viktorina yaratuvchilari uchun 400 ming yevro

Telegram oylik faol foydalanuvchilari soni 400 million nafarga yetdi, bu bir yil oldingiga nisbatan 100 millionga koʻproq.

Har kuni kamida 1,5 million yangi foydalanuvchi Telegramda roʻyxatdan oʻtadi. Jildlar, bulut xotirasi va kompyuterdan kirish imkoniyati Telegramni karantin davrida masofadan turib ishlash va oʻqish uchun ideal vositaga aylantiradi. Telegram dunyoda 20 dan ortiq mamlakatlarda eng koʻp yuklab olingan ijtimoiy tarmoq ilovalari roʻyxatida birinchi oʻrinda turganligining ajablanarli tomoni yoʻq – dunyo boʻylab odamlar katta tezlik bilan Telegramga oʻtishmoqda.

Telegramning oxirgi 7 yil ichida oʻsishi

Telegramni 7 yil avval ishga tushirganimizda, biz odamlar har doim erkinlik va sifatni cheklovlar va oʻrtamiyonalikdan afzal koʻradi, deb hisoblar edik. Telegram va uning eskiroq raqobatchilari orasidagi masofa qisqarishi bilan eski fikrlarimiz toʻgʻriligiga yanada amin boʻlmoqdamiz. Aqlli va erkin boʻlganligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Kelgusida nimalarni rejalashtirmoqdamiz? Ayni paytdagi butun dunyo boʻyicha yakkalanish videomuloqot uchun ishonchli vositalar qanchalik yetmayotganini koʻrsatdi. 2020-yilda videochaqiruvlar xuddi 2013-yildagi mesenjerlarni eslatadi: xavfsizlik yoki qulaylikni taklif qiladigan ilovalar mavjud, lekin har doim ulardan birini tanlashga toʻgʻri keladi. Biz buni tuzatishga umid qilamiz va 2020-yilda xavfsiz guruh videochaqiruvlarini ishga tushirmoqchimiz.

U paydo boʻlishi bilan, biz u haqida blogda yozamiz. Shunday ekan, soʻrashni toʻxtating. 😈

Yangilangan soʻrovnomalar

Biz foydalanuvchilar bilimlarini sinashlari uchun Telegram soʻrovnomalarga Viktorina rejimini yanvar oyida qoʻshgan edik. Oxirgi haftalarda Telegram History and Features kabi @QuizBot orqali yaratilgan oʻquv testlari va viktorinalari ommalashayotganini kuzatdik. Bugungi yangilanish viktorinalarning taʼlimga oid imkoniyatlarini kengaytiradi.

Endi foydalanuvchilar viktorina savollariga javob berishganida paydo boʻladigan izohlarni qoʻshishingiz mumkin. Izohlar tufayli foydalanuvchilar xatolaridan oʻrganishi mumkin boʻladi, viktorinalar esa nafaqat bilimlarini tekshirish, balki oʻrganish imkonini ham beradi.

Masalan, Telegram History and Features boʻyicha ushbu tezkor testni sinab koʻring.

@QuizBot orqali viktorina yaratilganida, savollar uchun javob berish vaqtini cheklash mumkin – bu viktorinalarni yanada qiziqarliroq qiladi, ulardan talabalar guruh chatlarida imtihonga tayyorlanish uchun tez-tez foydalaniladi. Yangi animatsiyali taymer bilan har bir ishtirokchi unda javob berish uchun qancha vaqt qolganini koʻrishi mumkin.

Oʻquv testlari tuzuvchilari uchun 400 ming yevro

Ayni paytda 2 milliard oʻquvchilar maktablardan uzoqda va dunyo onlayn taʼlim vositalariga juda muhtoj. Biz bu muammoni hal qilish maqsadida barcha fanlar va darajalar uchun oʻquv testlari maʼlumotlar bazasinini yaratish orqali hissa qoʻshmoqchimiz. Buni amalga oshirish maqsadida bugun biz oʻquv testlari tuzuvchilari uchun 400 ming yevro sovrin jamgʻarmali tanlov eʼlon qilmoqdamiz.

Ishtirok etish uchun @QuizBot yordamida istalgan qiyinchilik darajasida istalgan mavzuda, istalgan tilda mualliflik oʻquv testlarini tuzing. Oʻzbek tilida Oʻrta asrlar Yevropa tarixidan tortib, nemis tilida Mikrobiologie für Expertengacha – savollaringizga kerakli istalgan mediafaylni qoʻshing, lekin muallifllik huquqiga amal qiling.

Tanlovga ariza topshirgan viktorinalar ichki qidiruvli katalogga qoʻshiladi. Ularni sifati va ommabopligi asosida bir nechta bosqichda eʼlon qilamiz. Birinchi bosqich uchun arizalar 15-maygacha qabul qilinadi.

Telegram jamoasidan ushbu va boshqa tanlovlar @contest kanalida eʼlon qilinadi. Oʻtgan yilning oʻzida biz tanlovlar gʻoliblariga 2 million yevro tarqatdik. 💰

20000 ta stiker

Telegram stikerlar uchun ular birinchi marta eʼlon qilinganidan buyon yillar davomida mashhur boʻlib keldi, lekin bugungacha barcha eng yaxshi stikerlarni birdan koʻrishning iloji yoʻq edi. Yangi stiker katalogini kutib oling. U yerda oxirgi 5 yil ichida yaratilgan 20000 tadan ortiq yuqori sifatli Telegram stikerlarini koʻrishingiz mumkin.

Biror toʻplamni topish uchun qidiruvdan foydalanishingiz mumkin yoki agar Stikerlar muzeyi tarixi boʻylab sayohat qilishni xohlasangiz, roʻyxat boʻylab aylantirishingiz va bugungi ommaboplardan boshlab, yer yuzida eng birinchi Stiker sapienslargacha tomosha qilishingiz mumkin.

Androidda yangi biriktirmalar menyusi

Androidda biriktirma menyusining barcha boʻlimlari kengayadigan oynada ochiladi, ular menyuni qulayroq va foydalanish uchun osonroq qiladi. Shuningdek, ular animatsiyali ikonkalar bilan toʻldirildi.

MacOS uchun yangilanishlar

MacOS uchun Telegram foydalanuvchilari Ulashilgan mediafayllarga bevosita qayta dizayn qilingan profil sahifalaridan kirishi mumkin. Koʻplab jildlari borlarga Telegram Desktop uslubidagi ikonkalar bilan jild yon paneli yoqishi mumkin.

Quyidagi skrinshot yangilangan ilova ichidagi rasm tahrirlagichi orqali yaratilgan. Endi u rasmlarni yuborishda va tahrirlashda ularga chizish imkonini beradi:

Yangi macOS funksiyasi

Nishonga aniq urish

Oxirgi yangilanishdan 🎲 emojisiga qoʻshimcha sifatida endi animatsiyali nishon 🎯 emojisi orqali istalgan chatda birinchi boʻlib nishonga urishga urinib koʻring.

Umid qilamizki, ushbu yangilanish sizlarga – barcha 400 million foydalanuvchilarimizning har biriga yoqadi.


2020-yil, 24-aprel
Pavel Durov

Boshqa yangiliklar

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024