Telegram foydalanuvchilar rasmiy manbalarni oson aniqlay olishi uchun jamoat arboblari va tashkilotlarga tasdiqlashni taklif qiladi. Telegram jamoasi odatda quyidagi platformalarning kamida 2 tasida taniqli tasdiqlangan hisoblari boʻlgan faol rasmiy kanallar, botlar yoki ommaviy guruhlarni tasdiqlaydi:
Bu platformalarda Telegram kanalingiz, botingiz yoki guruhingiz haqiqatda sizga tegishliligini tasdiqlashimiz uchun ushbu platformalarning tarjimayi hol boʻlimida Telegram kanalingiz, botingiz yoki guruhingizga havola kiriting. Buni amalga oshirgach, tasdiqlash uchun @VerifyBot botiga murojaat qiling.
Yuborish jarayoni davomida sizdan siz yoki tashkilotingiz zikr qilingan OAV maqolalariga kamida 2 ta havola taqdim etishingiz soʻraladi. Tasdiqlash jarayoniga yordam berish uchun quyidagilar boʻlishi afzalroq:
Maqolada koʻrib chiqilayotgan jamoat arbobi yoki tashkilot zikr qilinishi shart, lekin Telegramga havola berishi shart emas.
Agar Wikipedia Ensiklopedik ahamiyat qoidalariga muvofiq keluvchi Wikipedia saytida bahssiz sahifangiz boʻlsa va ushbu sahifada Telegramdagi kanal, bot yoki ommaviy guruhingizga havola berilsa, u yetishmayotgan tasdiqlangan hisoblardan biri sifatida hisobga olinishi mumkin.
Tashkilotlar holatida tashkilotning rasmiy saytidan Telegram kanalga havola ham hisobga olinishi mumkin. Bot ijtimoiy tarmoqlar havolalarini tekshirgach, qoʻshimcha maʼlumotlar va fikrlarni yuborishni taklif qiladi.
Agar ijtimoiy tarmoqlar hisoblaridan birining oʻrniga Wikipedia yoki rasmiy veb-sayt havolasidan foydalanayotgan boʻlsangiz, ularda siz Telegramda tasdiqlamoqchi boʻlgan kanal, guruh yoki botga havola mavjud ekaniga ishonch hosil qiling.
Agar Wikipedia Ensiklopedik ahamiyat qoidalariga muvofiq keluvchi Wikipedia saytida bahssiz sahifangiz boʻlsa va ushbu sahifada Telegramdagi kanal, bot yoki ommaviy guruhingizga havola berilsa, u yetishmayotgan OAV havolalaridan biri sifatida hisobga olinishi mumkin.
Tashkilotlar holatida tashkilotning rasmiy saytidan Telegram kanalga havola ham hisobga olinishi mumkin. Bot ijtimoiy tarmoqlar havolalarini tekshirgach, qoʻshimcha maʼlumotlar va fikrlarni yuborishni taklif qiladi.
Bu kanal, guruh yoki bot rasmiy ekani va uning tasdiqlash arizasi Telegram tomonidan tasdiqlanganini bildiradi. Istalgan tashkilot yoki jamoat arbobi tasdiqlashga ariza berishi mumkin – jarayon va talablar barcha ariza beruvchilar uchun bir xil.
Tasdiqlangan chatlar uchun ularning axborot sahifalarida, shuningdek, chatlar roʻyxati va qidiruv natijalarida maxsus nishonlar paydo boʻladi.
Tasdiqlash biror chat orqali ulashilgan har qanday fikr yoki kontentni maʼqullash degani emas, balki u foydalanuvchilar, jurnalistlar va tadqiqotchilarga rasmiy manbalarni aniqlash usulini taqdim etish uchun moʻljallangan.
Afsuski, Telegram hozircha foydalanuvchilar hisoblarini tasdiqlamaydi. Faqat yirik va faol rasmiy kanallar, guruhlar va botlar tasdiqlanishi mumkin.
Unutmang, tasdiqlash Telegramda qoʻshimcha imkoniyatlarni taqdim etmaydi – bu shunchaki kanal, guruh yoki botingiz rasmiy ekanini tasdiqlash yoʻllaridan biridir. Rasmiy sayt yoki boshqa rasmiy hisoblaringizda Telegramga havola berish orqali oʻxshash natijaga erishish mumkin.
Tasdiqlangan kanal, guruh yoki bot oʻzining nomi yoki qisqa havolasini (t.me/…) oʻzgartira olmaydi. Agar oʻzgartirish zarur boʻlsa, avval tasdiq maqomini olib tashlashingiz mumkin. @VerifyBot botiga murojaat qiling va /unverify
buyrugʻini yuboring. Oʻzgarishlar kiritganingizdan keyin bot yordamida tasdiqni qayta olishingiz mumkin.
Telegramda shaffoflikni yanada oshirish maqsadida rasmiy uchinchi tomon xizmatlari foydalanuvchi hisoblariga va chatlarga qo‘shimcha tasdiq belgilari berish imkoniyatiga ega boʻldi — bu esa firibgarlikning oldini olish va yolgʻon axborotlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Uchinchi tomon tasdiq belgilari chat nomidan oldin koʻrinadi va uning profiliga batafsil izoh qoʻshadi.
Uchinchi tomon tasdiqlashida ishtirok etish uchun sizda Telegram tomonidan tasdiqlangan rasmiy bot boʻlishi kerak. Tasdiqlanganidan keyin xizmatingiz Telegramda uchinchi tomon tasdiqlovchisi boʻlish uchun ariza topshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Har bir uchinchi tomon tasdiqlovchisi oʻzi tasdiqlagan chatlar va hisoblar nomi yonida paydo bo‘ladigan oʻz unikal belgisiga ega bo‘lishi kerak. Belgining dizayni yaxlit rangda oddiy va minimalist boʻlishi kerak.
Uchinchi tomon tasdiqlovchilari uchun arizaga @VerifyBot orqali kirish mumkin..
Arizangiz tasdiqlangach, Bot profili > Hisoblarni tasdiqlash orqali boshqalarga tasdiq belgilari berishni boshlashingiz mumkin. Chatlar va hisoblar roʻyxati paydo boʻladi — tasdiqlamoqchi boʻlganlaringizni bosishingiz kifoya. Tasdiqlashni bekor qilish uchun tasdiqlaganingizni qayta bosishingiz mumkin.
Tasdiq belgisi berish yoki olib tashlash Bot API orqali ham amalga oshirilishi mumkin — dasturchilar uchun axborot bu yerda mavjud.
Uchinchi tomon tasdiqlashi foydalanuvchilarga ular muloqot qilayotgan odamlar va foydalanayotgan xizmatlarni mustaqil tasdiqlashni osonlashtirish uchun moʻljallangan. Agar sizda muayyan chatning holati haqida savollaringiz bo‘lsa, uning profilini ochib, batafsil axborot olishingiz yoki uni tasdiqlagan bot bilan bogʻlanishingiz mumkin.
Faqat Telegram chatlarga rasmiy tasdiq belgisini berish huquqiga ega. Uchinchi tomon tasdiqlovchilari esa butunlay boshqacha belgilardan foydalanadi.