Saqlangan xabarlar 2.0, bir martalik ovozli xabarlar va yana 8 ta funksiya

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
TITLE

Biz yanvar oyi davomida Telegramga 10 ta yangi funksiya, jumladan, yangilangan Saqlangan xabarlar, ijro qilinganidan keyin oʻchib ketadigan bir martalik ovozli va video xabarlar, xabaringiz qachon oʻqilganini koʻrsatadigan batafsil oʻqish vaqti va boshqalarni qoʻshdik.

Saqlangan xabarlar 2.0

Har bir Telegram foydalanuvchisi boshqa chatlardan uzatilgan qaydlar, eslatmalar va xabarlar uchun joy hisoblanuvchi Saqlangan xabarlarga ega.

Bu yangilanish Saqlangan xabarlarni havolalar, media va bukmarklaringiz uchun kuchli xotira tizimiga aylantiradi. Endi saqlangan xabarlaringizni chat asosida yoki roʻyxat sifatida koʻrishingiz, ularni teglar bilan tartiblashingiz va muayyan chatdan saqlagan xabarlaringizga kirish uchun Ulashilgan mediadagi yangi “Saqlangan” ruknidan foydalanishingiz mumkin.

Saqlangan xabarlarni chat asosida koʻrish

Yangi Chatlar sifatida koʻrish rejimi sizga xabarlarni ular uzatilgan chatlar roʻyxati sifatida koʻrish imkonini beradi. Bu chatlar siz foydalanuvchilar, guruhlar va kanallardan Saqlangan xabarlarga uzatgan barcha xabarlardan iborat boʻladi. Bu chatlarning istalganini yuqoriga qadashingiz mumkin.

Koʻrish usulini oʻzgartirish uchun shunchaki Saqlangan xabarlaringiz yuqori panelini bosing. Shuningdek, ⋮ / ⋯ belgisini bosib, “Xabarlar sifatida koʻrish” yoki “Chatlar sifatida koʻrish” bandini tanlashingiz mumkin — bu holatda Saqlangan xabarlar keyingi safar ochganingizda tanlangan rejimda koʻrsatiladi.

Premium Saqlangan xabarlar uchun teglar

Qoʻshimcha tartiblash uchun qidiruvda tezda filtrlash imkonini beradigan Saqlangan xabarlarga bir nechta teg kiritishingiz mumkin.

Teglar emojiga asoslanishi sababli teg kiritish reaksiya kiritish kabi oson, lekin teglarda nomlar ham boʻlishi mumkin. Teglardan allaqachon barcha Telegram Premium foydalanuvchilari foydalanishi mumkin.

Saqlangan xabarlaringizda qidirish uchun yuqori burchakdagi 🔍 belgisini bosing. Teglaringiz qidiruv qatori ostida chiqadi — qidiruvingizni ushbu teg asosida filtrlash uchun shunchaki bosing.

TITLE

Ulashilgan mediada Saqlangan xabarlar

Chatlar, guruhlar va kanallar rasmlar, havolalar, musiqa va boshqalarga tezda kirish uchun ulashilgan media boʻlimiga ega. Bu yangilanishda siz Saqlangan xabarlaringizdan uzatgan chatdan barcha xabarlar mavjud boʻlgan “Saqlangan” rukni kiritildi.

Yangilangan qidiruv

Biz barcha chatlarda qidiruvni yaxshiladik: endi qidiruv natijalaringiz boʻylab harakatlanish va ularni ixcham roʻyxat sifatida koʻrish osonroq.

TITLE

Maslahat: Istalgan chatda qidiruvni ochishning eng tez usuli — uning yuqori panelini bosib turish.

Bir martalik ovozli va video xabarlar

Bir martalik sozlamasidan endi ovozli va video xabarlarda foydalanish mumkin. Bunday xabarlarni ularni qayta-qayta yuborishingizga undaydigan animatsiya bilan avtomatik oʻchirilishidan oldin faqat bir marta ijro qilish mumkin.

Bir martalik xabar yozish uchun bosib turing va yozuvni qulflash uchun yuqoriga suring, keyin yuborishdan oldin bir martalik belgisini bosing.

Yozuvni pauzalash va davom ettirish

Istalgan ovozli yoki video xabarni yozayotganda endi bir nechta xabar yuborish oʻrniga yozuvni pauzalashingiz va keyin davom ettirishingiz mumkin.

Pauzalash uchun yozuvni qulflash uchun yuqoriga suring va keyin pauzalash ⏸️ tugmasini bosing. Yozuvni davom ettirish uchun shunchaki mikrofon yoki kamera belgisini qayta bosing.

Shaxsiy chatlarda oʻqish vaqti

Xabar yuborganingizda 1 ta belgi (✓) u yetkazilganini, 2 ta belgi (✓✓) esa u oʻqilganini bildiradi. Endi yakkama-yakka chatlarda xabaringiz ochilgan aniq vaqtni koʻrishingiz mumkin.

Oʻqish vaqtlari oxirgi faollik holatingiz maxfiylik sozlamalariga asoslanadigan alohida maxfiylik sozlamalariga ega. Agar muayyan foydalanuvchilardan oxirgi faollik vaqtingizni berkitsangiz, ulardan oʻqish holatingizni berkitishni ham tanlashingiz mumkin.

Maxfiylikni himoyalash uchun shaxsiy chatlardagi oʻqish vaqtlari guruhlardagi kabi oʻchib ketishidan oldin faqat 7 kun koʻrinadi.

Premium Bir tomonlama oxirgi faollik va oʻqish vaqtlari

Birlamchi sozlamalarda foydalanuvchidan oxirgi faollik yoki oʻqish vaqtini berkitsangiz, uning ushbu maʼlumotlari ham sizdan berkitiladi. Lekin Telegram Premium bilan oxirgi faollik va oʻqish vaqtingizni berkitishingiz va shunda ham oʻz oxirgi faollik va oʻqish vaqtini sizga ulashadigan boshqa foydalanuvchilarnikini koʻrishingiz mumkin.

Agar oxirgi faollik yoki oʻqish vaqtingizni berkitsangiz, u har doim barcha foydalanuvchilar, jumladan, Premium foydalanuvchilar uchun berkitiladi.

Premium Shaxsiy xabar ruxsatlari

Bu yangilanish bilan Premium foydalanuvchilar ularga kimlar (“Har kim” yoki “Kontaktlarim va Premium foydalanuvchilar”) xabarlar yuborishi mumkinligini tanlay oladi. Bu funksiya yoqilganida kontaktlaringizda yoki Premiumi boʻlmagan foydalanuvchilar siz bilan chatlarni boshlay olmaydi, lekin agar ularga birinchi xabar yozsangiz, sizga javob berishi mumkin.

Agar boshqa foydalanuvchidan istalmagan xabar olsangiz, chat yuqorisida foydalanuvchini bloklash va moderatorlarimizga xabar berish tugmasi bor.

Premium Tezroq yuklash vaqti va yuqori sifatli hikoyalar

Video hikoyalar endi 4 karra tezroq yuklanadi. Premium foydalanuvchilar qoʻshimcha trafikka qarshilik qilmasa, biz ularga video hikoyalarni yuqoriroq sifatda koʻrish uchun yangi sozlama ham qoʻshdik.

Endi barcha foydalanuvchilar video hikoyalarda ijro tezligini boshqarishi mumkin.

TITLE

Ulashilgan kontaktlar uchun yangi dizayn

Ulashilgan kontaktlar bilan xabarlar endi yaxshiroq koʻrinadi va ushbu foydalanuvchilar Koʻrinish sozlamalarida tanlagan rang va emoji belgilarini oʻzida aks ettiradi.

TITLE

iOS uchun ilovada yaxshilangan video xabarlar

Bir martalik rejim hamda pauzalash va davom ettirishga qoʻshimcha ravishda, biz iOS uchun ilovada video xabarlarni yozishni yaxshiladik. Endi tiniqroq video sifatidan zavqlanishingiz, old va orqa kameralar orasida yanada tezroq almashishingiz hamda kamera tebranishini kamroq his qilishingiz mumkin.

macOS uchun ilovada ilova belgilari

macOS uchun Telegramning bevosita versiyasi bilan endi ilovangizni mavzungizga moslash yoki tezkor kirishda ajralib turadigan qilish uchun 15 ta belgi orasidan tanlashingiz mumkin.

Ilovangizni oʻzgartirish uchun Sozlamalar > Koʻrinish > Ilova belgisi rukniga kiring.


2024-yil, 31-yanvar
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024