Javoblar 2.0, moslashuvchan havolalar sozlamalari, ism ranglari va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Javoblar 2.0, moslashuvchan havolalar sozlamalari, ism ranglari va boshqalar

Bugungi yangilanishda foydalanuvchilarda xabarlarga belgilangan matndan iqtibos olish orqali javob berish, javoblarni boshqa chatlarga yuborish, istalgan matnni iqtibos kabi formatlash, havolalarga razm solishni sozlash, hisobingiz uchun rang tanlash va boshqalar paydo boʻldi.

Javoblar 2.0

2015-yilda Telegram foydalanuvchilarga uzun suhbatlarda oson harakatlanish imkonini bergan yangi format — xabarlarga javoblarni taqdim etgan edi. Vaqt oʻtishi bilan ushbu format barcha messenjerlar uchun oltin standartga aylandi — lekin bugun biz yangi darajaga oʻtmoqdamiz.

Endi foydalanuvchilar xabarning istalgan qismiga faqat undan iqtibos olish orqali javob berishi mumkin. Suhbatdosh asl xabarga oʻtish uchun bunday iqtibosni bosganida yangi animatsiya tufayli u darhol ushbu xabarni koʻradi.

Xabar qismidan iqtibos olish uchun xabarni bosing (iOS qurilmada xabarni bosib turing), kerakli matnni belgilang va “Iqtibos olish” bandini tanlang.

Bugundan boshlab javoblarni boshqa chatlarga ham yuborish mumkin, masalan, agar kimgadir shaxsan javob berishni yoki muhokamani boshqa guruh yoki kanalga koʻchirishni xohlasangiz. Iqtibos olingan matn bosilganida asl xabar u joylangan guruhda ochiladi, agar foydalanuvchida unga ruxsat boʻlsa.

Boshqa chatda javob berish uchun kiritish maydoni yuqorisidagi javob berish panelini bosing, “Boshqa chatda javob berish” bandini belgilang, keyin qayerga yubormoqchiligingizni tanlang.

Iqtiboslarni formatlash

Boshqalardan bevosita iqtibos olishdan tashqari, siz istalgan matnga, jumladan, bitta javobdagi bir nechta iqtibosga iqtibos formatlashini qoʻshishingiz mumkin.

Iqtiboslarni formatlash

Biz formatlash parametrlariga kirishni osonlashtirish uchun kontekst menyusini ham yaxshiladik.

Havolalar sozlamalari

2015-yilda Telegram sahifa sarlavhasi, tavsifi va mediasini aks ettiruvchi batafsil havolaga razm solish imkoniyatini qoʻshgan birinchi xabarlashuv ilovasi boʻlgan edi.

Endi foydalanuvchilar istalgan xabardagi havolalar koʻrinishini sozlashi mumkin: siz media oʻlchamini oʻzgartirishingiz, razm solish xabaringiz ostida yoki yuqorisida chiqishini tanlashingiz va agar bir nechta havola boʻlsa, qaysi havolaga razm solishni tanlashingiz mumkin.

Havolalarni ochish osonlashdi, chunki endi razm solish sohasining istalgan qismini bosishingiz mumkin.

Javob berish, uzatish va havola sozlamalari

Koʻplab yangi funksiyalardan foydalanish qulay boʻlishi uchun biz ular uchun kontekst menyusini qoʻshdik — ushbu menyu xabarlarga javob berayotganingizda, ularni uzatayotganingizda va havolalar qoʻshayotganingizda yoki bularning hammasini bir vaqtda bajarayotganingizda chiqadi.

Premium Hisob ranglari

Telegram Premium bilan hisobingizni u uchun rang yoki ranglar kombinatsiyasini tanlash orqali har qachongidan ham koʻproq moslashtirishingiz mumkin.

Bunda ismingiz rangi barcha guruhlarda, siz yuboradigan havolalarda, shuningdek, xabarlaringizga javoblarda oʻzgaradi.

Shu bilan birga, naqsh sifatida ishlatiladigan emoji tanlashingiz ham mumkin. U boshqalar sizdan iqtibos olganida yoki sizga javob berganida xabarlaringiz ortida unikal fon yaratadi.

Android qurilmada hisob rangini sozlash uchun Sozlamalar > Chat sozlamalari > Ism rangini oʻzgartirish rukniga kiring. iOS qurilmada Sozlamalar > Koʻrinish > Ismingiz rangi rukniga kiring.

Bu sozlamalar obunachilardan yetarli ovozlar yigʻib, kamida 5-darajaga yetgan kanallar ham foydalana oladi.

Hikoyalarning yangi imkoniyatlari

Hikoyalar endi sizga videolarni oldinga va orqaga tez oʻtkazish imkonini ham beradi — shunchaki ekranni bosib turing va keyin oʻngga yoki chapga suring.

Yaxshiroq, yorqinroq selfilar olish maqsadida iliqlik va intensivlik uchun moslashuvchan sozlamalar bilan old chaqnoqdan foydalanishingiz mumkin.

Hikoya uchun old kameradan foydalanayotganingizda iliqlik va intensivlikni sozlash uchun ⚡ belgisini bosib turing.

Hikoyalar birinchi marta ochilganda asosiy harakatlanish ishoralari oʻrgatilgan tezkor qoʻllanma chiqadi.

Klassik xayrlashuvdan iqtibos: “Buguncha shular. Biz allaqachon keyingi yangilanish ustida ishlamoqdamiz.”


2023-yil, 28-oktabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024