Sahifani tasdiqlash koʻrsatmalari

Tasdiqlash

Telegram foydalanuvchilar rasmiy manbalarni oson aniqlay olishi uchun jamoat arboblari va tashkilotlarga tasdiqlashni taklif qiladi. Telegram jamoasi odatda quyidagi platformalarning kamida 2 tasida taniqli tasdiqlangan hisoblari boʻlgan faol rasmiy kanallar, botlar yoki ommaviy guruhlarni tasdiqlaydi:

  • TikTok
  • Instagram
  • Facebook
  • YouTube
  • Twitter
  • VK
  • Snapchat

Bu platformalarda Telegram kanalingiz, botingiz yoki guruhingiz haqiqatda sizga tegishliligini tasdiqlashimiz uchun ushbu platformalarning tarjimayi hol boʻlimida Telegram kanalingiz, botingiz yoki guruhingizga havola kiriting. Buni amalga oshirgach, tasdiqlash uchun @VerifyBot botiga murojaat qiling.

Taniqlilik tekshiruvi

Yuborish jarayoni davomida sizdan siz yoki tashkilotingiz zikr qilingan OAV maqolalariga kamida 2 ta havola taqdim etishingiz soʻraladi. Tasdiqlash jarayoniga yordam berish uchun quyidagilar boʻlishi afzalroq:

  • Nashriyot taniqli va uzoq vaqtdan buyon ishlaydi
  • Maqola ingliz tilida yozilgan

Maqolada koʻrib chiqilayotgan jamoat arbobi yoki tashkilot zikr qilinishi shart, lekin Telegramga havola berishi shart emas.

Agar ushbu platformalarning 2 tasida tasdiqlangan hisobim boʻlmasa, nima qilishim kerak?

Agar Wikipedia Ensiklopedik ahamiyat qoidalariga muvofiq keluvchi Wikipedia saytida bahssiz sahifangiz boʻlsa va ushbu sahifada Telegramdagi kanal, bot yoki ommaviy guruhingizga havola berilsa, u yetishmayotgan tasdiqlangan hisoblardan biri sifatida hisobga olinishi mumkin.

Tashkilotlar holatida tashkilotning rasmiy saytidan Telegram kanalga havola ham hisobga olinishi mumkin. Bot ijtimoiy tarmoqlar havolalarini tekshirgach, qoʻshimcha maʼlumotlar va fikrlarni yuborishni taklif qiladi.

Agar ijtimoiy tarmoqlar hisoblaridan birining oʻrniga Wikipedia yoki rasmiy veb-sayt havolasidan foydalanayotgan boʻlsangiz, ularda siz Telegramda tasdiqlamoqchi boʻlgan kanal, guruh yoki botga havola mavjud ekaniga ishonch hosil qiling.

2 ta OAV maqolasini topa olmasam, nima qilishim mumkin?

Agar Wikipedia Ensiklopedik ahamiyat qoidalariga muvofiq keluvchi Wikipedia saytida bahssiz sahifangiz boʻlsa va ushbu sahifada Telegramdagi kanal, bot yoki ommaviy guruhingizga havola berilsa, u yetishmayotgan OAV havolalaridan biri sifatida hisobga olinishi mumkin.

Tashkilotlar holatida tashkilotning rasmiy saytidan Telegram kanalga havola ham hisobga olinishi mumkin. Bot ijtimoiy tarmoqlar havolalarini tekshirgach, qoʻshimcha maʼlumotlar va fikrlarni yuborishni taklif qiladi.

Tasdiqlash nimani bildiradi?

Bu kanal, guruh yoki bot rasmiy ekani va uning tasdiqlash arizasi Telegram tomonidan tasdiqlanganini bildiradi. Istalgan tashkilot yoki jamoat arbobi tasdiqlashga ariza berishi mumkin – jarayon va talablar barcha ariza beruvchilar uchun bir xil.

Tasdiqlangan chatlar uchun ularning axborot sahifalarida, shuningdek, chatlar roʻyxati va qidiruv natijalarida maxsus nishonlar Verification Check paydo boʻladi.

Tasdiqlash biror chat orqali ulashilgan har qanday fikr yoki kontentni maʼqullash degani emas, balki u foydalanuvchilar, jurnalistlar va tadqiqotchilarga rasmiy manbalarni aniqlash usulini taqdim etish uchun moʻljallangan.

Foydalanuvchi hisobim tasdiqlanishi mumkinmi?

Afsuski, Telegram hozircha foydalanuvchilar hisoblarini tasdiqlamaydi. Faqat yirik va faol rasmiy kanallar, guruhlar va botlar tasdiqlanishi mumkin.

Menga tasdiqlash kerakmi?

Unutmang, tasdiqlash Telegramda qoʻshimcha imkoniyatlarni taqdim etmaydi – bu shunchaki kanal, guruh yoki botingiz rasmiy ekanini tasdiqlash yoʻllaridan biridir. Rasmiy sayt yoki boshqa rasmiy hisoblaringizda Telegramga havola berish orqali oʻxshash natijaga erishish mumkin.

Tasdiqlashdan keyin nom yoki qisqa havolani qanday oʻzgartiraman?

Tasdiqlangan kanal, guruh yoki bot oʻzining nomi yoki qisqa havolasini (t.me/…) oʻzgartira olmaydi. Agar oʻzgartirish zarur boʻlsa, avval tasdiq maqomini olib tashlashingiz mumkin. @VerifyBot botiga murojaat qiling va /unverify buyrugʻini yuboring. Oʻzgarishlar kiritganingizdan keyin bot yordamida tasdiqni qayta olishingiz mumkin.